Yodingdami suhbatlarimiz
Ko’zlaringa termulardim jim
So’zlaringni ovozlaringni
Kulgularing maftuni edim
Yodingdami yelib oshiqib
Jonim desam qushdek ucharding
Erkalasam jilmayib boqib
Yerga qarab kulib turarding
Oychi esla
Yodingdami Oy?
To’lin bo’lib bizga boqardi
Qo’ling tutib ko’zlaring yumsam
Senga juda juda yoqardi