Azizbek Sharofiddinov - Sotuvlarda turibdi turli o'yinchoq mp3

Слушать
Скачать

Ajib bir bozorga, kirib qolibman

Manzara yoqimsiz, bekor kiribman

Izlagan narsamni, esdan chiqardim

Savdosi boshqacha, ko'rib yig'ladim

Mehr oqibatni, narxi osmonda

Uni ham topmadim, yo'qmish hech kimda

Vijdonni so'radim, narxi 1 chaqa

Deydilar kerak-ku, oz-moz choy-chaqa

Insofni umuman topib bo'lmadi

Ba'zilar hatto-ki, uni bilmadi

Sochilib yotibdi har hil kitoblar

Yonida yana ko'p, bir hil niqoblar

Qiziqib so'radim, bu qanday kitob

Yonida turgan, bu kimlarga niqob

Aytdilar ey sayyoh, sen ko'zingni och

Bu yurtdan tezroq ket, vaqt bor tezroq qoch

Kitoblar

Bilsang bu yolg'on kitobi

Yonida shu yurtning, do'stlik niqobi

Sal nari yurudim, nomus bozori

Ayol ham, erkak ham unga haridor

Sotuvlarda turipti, turli o'yinchoq

Kelinchak kiyimli, har hil qo'g'irchoq

Deydilar narxlasang arzon beramiz

Hohlasang yangisin olib kelamiz

Oyog'im ostida o'zgacha tuproq

Nima ekan deb, o'yladim ko'proq

Deydilar sen bilgan, qadr bo'ladi

Shu qadr ustida, hamma yuradi

Harob bir, ko'rimsiz, tilanchilar ko'p

Nomlari ajoyib, aytdilar yurak

Turarlar bechoralar, pana panada

So'rashib har kimdan, mehr sadaqa

To dedim, dunyoning bozori qursin

Kitobi, niqobi barchasi qo'ysin

Oqibat, mehr har odamda bo'lsin

Yuraklar yerdamas, o'rnida tursin