Ikkimizga berilgan jazomidi
Yokida taqdirning bir o'yini
Tuyg'ularing yolg'onmidi dilda
Muhabbatim indamay jon berdi
Vos kechdik osonlikcha
Orzularimizni unutib
Oson bo'lmadi menga
Yashash barchasiga ko'nikib
Sensizlikda qorong'u bu olamda
Adashgan daydiman
Xazon kabi to'kilib
Voz kechib ortga qaytaman
Qayerlarda qolib ketdi
Bizni qilgan orzularimiz
Sinovga duchor qildiku
Qara qayg'ularimiz