Behruz, Yagzon guruhi - Esimda mp3

Слушать
Скачать

Esimda Uxlamasdik kechalar

Esimda Tuzgan edik rejalar

Esimda Biz yurgan ko'chalar

Esimda Meni bari esimda

Yodimda Seni ilk bor o'pganim

Yodimda Qanday seni topganim

Yodimda So'ngida yo'qotganim

Yodimda Meni bari yodimda

Aytchi hozir kim bilansan

U ham menday mehribonmi

Yo mehr berolmadimi

Bag'ri toshmi Yo yomonmi

O'zi eslab turibsanmi

O'sha eski oshig'ingni

Menchi aytib yuribmanda sen yoqtirgan qo'shig'ingni

O'sha joyga yana bordim esingdami ko'rishardik

Shu bahona eslab oldim avvallari uchrashardik

Hechbir joyi o'zgarmagan hamma narsa o'sha-o'sha

Faqat endi biz yo'qmiz yolg'iz qildim tomosha

Ket deding va men ham ketganman

Seni so'rashganda, deyman unutganman

Hech kimga aytmadim, dardimni yutganman

Bazan sog'inganda kelar deb kutganman

Og'rima yurak deya ovutganman

Sog'inmagin deb undan sovutganman

Vujudim bilan azobga botganman

Lekin so'rashganda, deyman unutganman

Yurak sevmadi undan boshqani

So'raydi o'sha qalam qosh qani

Buncha dardlarga ayt bardosh qani

Men sovqottim o'sha quyosh qani

Biram zo'r edi birga paytlarim

G'ururimni deb ortga qaytmadim

Ketmayman derdi qolib yonimda

Unutgandir u meni yodimda

Xa hammasi yodimda, huddi kecha bo'lganday

O'zimni ko'rsataman go'yoki unutgandaу

Ko'chada hursand yursam, ishonma kulib tursam

Yaralarni ko'rasan yurakni ochib bersam

Hayotimda boshqayu, ichimda boshqa dunyo

Qay birida yashay deb, aqldan ozaymi yo

Yana sigaret bilan dardlashamiz tongacha

Shu axvolda yashayman jin ursin qachongacha

Kelmadi sevgida omadim

Telbadek sevdimu, baxtli bo'lolmadim

Urunib ko'rdimam, lek unutolmadim

Balki davodir vaqt, balkida bilmadim

Lanatlar aytib endi sevgiga

Loyiq ekanda tengiga

Dedim jimgina siltadim qo'lim

Mayli mensizam baxtli bo'l gulim