Bilmay bosdim xato ekan qadamlar
Qalbim o'rtar azoblaydi alamlar
Ne kun ko'rdim har qadamda xatarlar
Umr so'qmoq yo'llarida adashdim
Bilmay ketayotgan aziz yurtdoshim
U yer do'zax qayting yetmas bardoshim
Aldangan men tunlar bo'ldi sirdoshim
Guldek umr yo'llarida adashim
Qadam bossam oyoqlarim tiraydi
Dilbandimni so'rab qalbim ingraydi
Tuproqlarda hur o'g'lonim uxlaydi
Yolg'on dunyo yolg'onida adashdim
Qadam bossam oyoqlarim tiraydi
Dilbandimni so'rab qalbim ingraydi
Tuproqlarda hur o'g'lonim uxlaydi
Yolg'on dunyo yolg'onida adashdim