Достон Эргашев - Чарчадим
Charchadim men onaginam
Ishqi yolg'onlardan
Odamlarning yomonlaridan
Nayrangi ko'p zamonlardan
Dilga yaqin lolaginame
Charchadim onaginam
Qalbga zardob to'lib borar
Dilni armon tilib borar
Umidlarim so'nib borar
Misli guldek lolaginam eee
Charchadim onaginam
Hamma o'zin foydasiga
Bo'ysunar o'z qoidasiga
Zarda qilib otasiga
Ko'ksin kerar akaginam
Omad ketsa hammasini
Bildim ichda olasini
Ko'rsatmaydi qorasini
Kecha edi soyaginam ee
Charchadim men onaginam
Xotin qilsa erga zo'rlik
G'urur yo'q erlar sho'rlik
Qilar nechum buncha go'rlik
Qani g'urur onaginam
Ko'rib ko'zlar yoshlanadi
Qalbda isyon boshlanadi
Qalblar issiz toshlanadi
Qanday topay joraginam
Charchadim men onaginam
Bu dardimga davo yo'qdek
Qizlarda or hayo yo'qdek
Qani Bibi Momo yo'qdek
Qaysi o'sha Boboginam
Sustlashgandek iymonimiz
Yod olmaymiz qurbonimiz
Toptalmoqda vijdonimiz
Yashashga ne ma'noginam
Charchadim men onaginam
Nima qolar ahir sizdan
Ortingdagi o'g'il qizdan
O'rnak ahir bizdan
Ko'rib turgan bolaginam