Uxlasam yumilmas ko'zlarim tunda
Bir xil manzaradan zerkdim kunda
Yolvoraman Allohdan omon qaytay deb
Bilsam vatan qadrini kelmasdim unda
Sovuqdan muzlab qoldi qo'llarim ona
Chalkash bo'ldi ko'zlagan yo'llarim ona
Yig'layman eslasam tunlarim ona
Ishlayabman o'tmayabdi kunlarim ona
Bu yerlarni zo'r dema men to'yib ketdim
Vatan ne ekanligin tushunib ketdim
O'zimdan o'tkanin bilaman o'zim
Bu dardlarni barin ichimga yutdim