To'ldirolmay yurakdagi kamlarimni
Sog'inaman senla o'tkan damlarimni
Ko'ngil deyman o'rtanmagin unutolmay
Qalbim bilar armonlaru g'amlarimni
Netay o'shal damlarga men qaytolmayman
Lek hayoling hayolimdan haydolmayman
Ko'ngil deyman ko'nglimga men iloj topmay
Seni yaxshi ko'ramanu aytolmayman
Ko'zlaringa ko'zim tushdi ololmadim
Nigohlaring chorladi men borolmadim
Tushday bo'lib uyqularing qucholmadim
Taqdirning bu jumbog'in yecholmadim