Jaloliddin Ahmadaliyev - Gulim kimlar uchun bu nozlaring ayt mp3

Слушать
Скачать

Bir boqqanda menda ko'ngling borligin

Sezdirib qo'yasan indamaygina

Nigohlaring ochar ko'zlaring sirin

Sevdirib qo'yasan indamaygina

Dona dona tashlab qadamlaringni

Yashirmagin qoshu qalamlaringni

Borsam qovoq uyib alamlaringni

Bildirib qo'yasan indamaygina

Gulim kimlar uchun bu nozlaring ayt

Buncha makru jodu pardozlaring ayt

Bunchalik qiynamay dil rozlaring ayt

O'ldirib qo'yasan indamaygina