Yuzga upa surmasdan,
To'lin bo'ldi Zebojon.
O'n sakkizga kirmasdan
Kelin bo'ldi Zebojon.O'ltiribman endi jim
Keksa onam oldida,
To'yga men ham borardim,
Yomg'ir yog'ib qoldi-da!Men ne derdim, nima dey,
Olov edik, sho'x edik.
Zebo bilan erinmay
O'n yil birga o'qidik.Eski maktab, alvido,
Xonalari tor edi.
O'rtamizda bir Xudo,
Bir siyohdon bor edi.Men lapashang, albatta,
So'ramadim ko'nglini.
O'n yil o'qib, bir marta
Ushlolmadim qo'lini.O'ltiribman endi jim
Keksa onam oldida,
To'yga men ham borardim,
Yomg'ir yog'ib qoldi-da!Yuzga upa surmasdan,
To'lin bo'ldi Zebojon…