Sevgi ko'zi ko'r ekanda
Dil ko'zimni o'yib ketding
Sensiz yashash zo'rku deya
Meni yolg'iz qo'yib ketding
G'ururingni chetga surib
Bevafoyim yuzing burib
Netay axir o'zga yorni
Sevib ketding sevib ketding
Muhabbat asli azob
Joningdan sevish ekan
Dil berib suymaganga
Olovdek kuyish ekan
Yolg'onlaring ko'p ekanda
Senda vafo yo'q ekanda
Dil rishtasin uzib mendan
Osongina kechib ketding
Yor alvido
Vadalari yolg'onginam
Muhabbati armonginam
Yor alvido
Eh o'zimni yomonginam
Alvido