Derazamni chertib tomchilar
Tunda yomg'ir og'ir kuy chalar
Hijron qiynasa ham qanchalar
Jonim faqat seni o'ylayman
Sog'inchlarga to'la ko'zlarim
Aytilmasdan qolar so'zlarim
Yana sen yomonga yo'llar izlarim
Men faqat seni seni tanladim
O'rtamizda nima bo'lmasin
Qancha janjal araz bo'lmasin
Men faqat seni tanlayman
O'rtamizda nima bo'lmasin
Qancha janjal araz bo'lmasin
Men faqat seni tanlayman
Mehring bor hamon dilimda
Sevgim bir osmon ko'nglimda
Yolg'iz sen borsan taqdirimda
Jonim faqat seni o'ylayman
Yolg'onlarga ishonmasman
Asli sensiz quvonmasman
O'zgani men yor demasman
O'rtamizda bo'lsa dengiz
Yoki bo'lsa sahro cheksiz
Ajratolmas bizni hargiz
Men faqat seni tanlayman
O'rtamizda nima bo'lmasin
Qancha janjal araz bo'lmasin
Men faqat seni tanlayman
O'rtamizda nima bo'lmasin
Qancha janjal araz bo'lmasin
Men faqat seni tanlayman