Qo'ygin yurak bevafoni
Holi o'zi ketarli
Kelsa yana azob berar
Azoblarim yetarli
Ko'zimdagi yoshga boqma
Bag'rimni tig'layapman
Sog'inmaslikni bugun
Sog'inib yig'layapman
Men ko'ndim ko'nikmading
Ko'ksimdagi mitti jon
Sevmaganingda uni
Sevmasmidim hech qachon
Bevafoni bermas edim
Bersalar ham dunyosini
Bemehr yor almashtirdi
Mol dunyoga dunyosini
Bevafoni bermas edim
Bersalar ham dunyosini
Bemehr yor almashtirdi
Mol dunyoga dunyosini
Qo'rqma yurak
Undan qolgan jarohatim bitarli
Ishonarding
Yolg'onidan rosti ekan xatarli
Ko'zimdagi dardga boqmang
Dard bilan yashayapman
Sevmaslik degan bitta
Shart bilan yashayapman
Yurak sen sevgan go'zal
G'amni his qilarmikan
Mendan ketgandan buyon
Kulmadim bilarmikan