Bir qishloqda sevganim bor borolmayman
Sog'inganda qo'llaridan tutolmayman
Yurak qurg'ur tinmay so'rar mandan uni
Borolmayman nima qilay borolmayman
Bir bor yo'qlab kel holim so'rab
Sevay jonim seni gullar o'rab
Suratlaring olib sog'inganda
Hech to'ymayman jonim ko'zlaringa
Baland ekan uyingizni darvozasi
Yetdi iqlim eshitdi ovozasi
Sendak qizni sevolmasam bo'larmikan
O'zim bo'lay shu sanamning parvonasi