Mayli mendan arazlab yur
Goh gohida goh eslab tur
Savdoyiman telba qurg'ur
Xafa bo'lma xafa bo'lma
Ranjitdim ham balki biroz
Sevganim rost sevdim holos
Ketayapman bir iltimos
Xafa bo'lma xafa bo'lma
Qancha dardlar yuragimda
O'chmayapti o'chmayapti
Ne qilay ho'sh surating hech
Ko'chmayapti ko'chmayapti
Sendan kechib, oson ketib
Bo'lmayapti bo'lmayapti
Mendan xafa bo'lma ko'ngil
Sendan xafa bo'lmayapti
Dilga yomon og'ir juda
Sen u tomon, menchi bunda
Ayrilamiz teng qayg'uda
Xafa bo'lma xafa bo'lma
Xayr demoq qiyin qancha
Yillar o'tdi birga ancha
O'lsam edi ayrilguncha
Xafa bo'lma xafa bo'lma