Andijonda konglim mani qolib ketdi
Shabnamginam halovatim olib ketdi
Nur nur nur taralar yuzlaridan
Ko'zlarimning gavharlari oqib ketdi
Yuragimni g'ashlab ketma shabnamginam
Ko'zlarimni yoshlab ketma shabnamginam
Bevafolar chorlaganda oftobim deb
Men yorningni tashlab ketma shabnamginam
Bog'ga kirib tikon terdim gulzoringdan
Hofiz bo'lib qoldim mana ozoringdan
Haridoring men oshig'ing kambag'alroq
Qo'rqamanda sening qiymat bozoringdan