Yerlikmisan yo oydanmi
Bilolmayman g'aroyibsanda
Ko'nglingdagini aytmas bo'l
Ortingga ham qaytmas bo'l
Farg'onaga ketib qolibsanda
Bunchalar o'jarsanda
Vodiy tomonlarda yurakcham bor
Uni o'zi bilmaydi kerakcham bor
Men hech o'ylamasdan
Yuribsanda bilmasdan
Yuragim yarmi senda
Bo'lakcham bor
Farg'ona Farg'onalarda
Yurakcham qolib ketti
Farg'ona Farg'onalarda
Yuragim olib ketti
Farg'onada qolib ketti