Yillar o'tadi yana keldi bahor
Taqdirim sinovlari kelganda tor
Eslolmay necha yillar qadirli on
Qolib ketdi ruhim qatda to'rt devor
Uzun sochlaring kabi manzilim uzun
Musofirda hor bo'ldi tik turgan boshim
Aldangan o'zim aybdor ham o'zim
Tashlab ketgan oilamni sog'indim bugun
Yillar o'tdi onam jannatiy bo'ling
Yillar o'tdi otam rozi bo'ling
Qalam qoshli yorim sen baxtli bo'lgin
O'z oyog'imga o'zim bolta urdim