Ulg'ayganim sari bu foniy dunyoning
Bevafoligin bilib boryabman
Ojiza bo'lsamda kichik jussamdan
Mardlardek tug'yonni tuyib boryapman
O'g'lim yo'q deb sira o'kinmang dada
Garchan qizdirman marddek yuraman
Nasib bo'lsa sizni yaqin kunlarda
Tangrimning uyiga olib boraman
O'zim sizni hajga olib boraman
Hayotda zo'r ustozim
Imkoningiz boricha
Ilm berdingiz dada
Bolam deya siz doim
Kuyib yondingiz dada
Dada sizni men hajga olib boraman
Dadalar bor qizdan ko'ngli to'lmagan
Erkalab suymagan mehr bermagan
Dadajon siz meni deysiz erkalab
Hatto Rasulimning o'g'li bo'lmagan
Sizni bag'ringizda unib o'sayin
Duogo'yim mehrim oshar kun sayin