Oybek Ahmedov - Qaytmaydi (cover) mp3

Слушать
Скачать

Endi uzundan uzun tunlarga

Hamrohman, tinmay qarab,

Balki, yetkazar deya so‘zlarim,

Turarman seni so‘rab.

Sen esa ketding, dilim anglamay,

Sevgim dilimda qoldi.

Sen-la bo‘lgan bu orzularimdan

Endi mazmun yo‘qoldi.

Endi ko‘zlaringni sog‘insam ham,

Tunlar osmonimda ko‘rinmaydi.

Endi o‘zga meni o‘ylasa ham,

Yurak sen-la ketgan, u qaytmaydi.

Endi ko‘zlaringni sog‘insam ham,

Tunlar osmonimda ko‘rinmaydi.

Endi o‘zga meni yo‘qlasa ham,

Yurak sen-la ketgan, u qaytmaydi.

Yana dilim to‘lib armonlarga,

Bir seni sog‘inaman.

Yurgan yo‘limda bir seni o‘ylab,

Sog‘inchdan ovunaman!

Atrofimda namoyon visoling,

Go‘yo sen yonimdasan.

Sen-la yaralgan sevgim qasrida,

Bilgin, tanho qolasan!

Endi ko‘zlaringni sog‘insam ham,

Tunlar osmonimda ko‘rinmaydi.

Endi o‘zga meni o‘ylasa ham,

Yurak sen-la ketgan, u qaytmaydi.