Sen yonimdan ketar bo'lsang vafo qilmay
Gar bag'rimni o'yar bo'lsang parvo qilmay
Qiynasang ham menchi senga jafo qilmay
Tushlarimda ko'rib yursam yaxshimasmi
Men bir seni o'ylaymanda o'zim qolib
Asray deyman yashay deyman darding olib
Xajringda ham yonib kuysam telba bo'lib
Seni shunday yomon sevsam yaxshimasmi?
Sevmasang ham seni yomon ko'rganimda
Sen haqingda hayol sursam yaxshimasmi
Aytgin axir nafratlanib yurganimda
Sen yomonni yaxshi ko'rsam yaxshimasmi
Sevmasang ham seni yomon ko'rganimda
Sen haqingda hayol sursam yaxshimasmi
Aytgin axir nafratlanib yurganimda
Sen yomonni yaxshi ko'rsam yaxshimasmi