Gulim meni qiynamagin
Ketgin qaytib o'ynamagin
Majnunlikdan og'rimoqda dilim
Xasta yurak qiynamoqda
Seni tinmay o'ylamoqda
Kechir birga bo'lolmaymiz gulim
Yurak seni jondan sevar
Xastalik jonimni ezar
Yuragim bir umr og'riq sezar
Xohlamayman majburmanda
Unutishga majbursanda
Telbang sendan olislarga ketar
Endi sening qo'llaringdan tutolmayman
Sog'inganda hol ahvoling so'rolmayman
Sevamanu baxtga olib borolmayman
Kechir gulim men seniki bo'lolmayman
Endi sening qo'llaringdan tutolmayman
Sog'inganda hol ahvoling so'rolmayman
Sevamanu baxtga olib borolmayman
Kechir gulim men seniki bo'lolmayman