Сардор Мамадалиев - Окибат
Qadriga yeting bo'lsa akangiz
Qo'lini tuting yo bo'lsa ukangiz
Bir kuni qurisa mador-tinkangiz
Begonalar tomon chopa olmaysiz
Ulardan boshqani topa olmaysiz
Boshingizda tuting mushfiq singlingiz
Ko'tarar shu qizcha bir kun ko'nglingiz
G'amli kun kelganda shuni biling siz
Tashvishlar eshigin yopa olmaysiz
Ulardan boshqani topa olmaysiz
Agar yoningizda bo'lsa opangiz
Poyini emaklab, suyib o'pingiz
Musibat chog'ida hayron chopingiz
Bozordan boshqa bir opa olmaysiz
Ulardan boshqani topa olmaysiz
Yaxshi kunda qadrin biling yoringiz
Dard kelsa bo'lar ham bemoringiz
Tarqalib ketganda yo'g'u-boringiz
Ko'z yoshni birovga sepa olmaysiz
Shu yordan boshqani topa olmaysiz
Bugun sho'x yugurgan jajji bolangiz
Artadi bir kuni ko'zda jolangiz
Yoningizga kelsa boshin silangiz
Birovning bolasin o'pa olmaysiz
Ulardan boshqani topa olmaysiz