O'z qadrimni bilmagan qadirsizman
Endi eski buyumdek keraksizman
Sendeylarni dastidan men ham yuraksizman
Qildim men qaror men ham bo'laman aktyor
Soxtalarning yolg'oniga chidab qolmadi sabrim
Men ham insonman axir yurak bor og'ridi dilim
Essiz onam mehri bilan dazmol qilgan kiyimni
Sendayin arzimas bilan qilibman g'ijim
Aybdor o'zim axir qalbimga qilib jabir
Shuncha umrimni yo'qotdim mayli qilarman sabr
Xonamda yo'q bir chiroq
Yolg'izman sensiz biroq
Kech bo'lsa ham chundim
Menga faqat sanchilgan pichoq