Ey do'st qara san bilan ne kunni ko'rmadik
Bazida yutqazdikku ko'pincha yengilmadik
Ravon bo'lmagan bu sinovlik hayot yo'lida
Lekin hech kim oldida boshimizni egmadik
Hamrohlar ko'p edi omadimiz kelganda
Parvozlarimiz osmonlarga yetkanda
Sen va men qoldik bari bir yakunida
Hamma yuzini ko'rsatdi mana oxirda
Do'st qara o'tib ketibdi necha yillar
Bosib o'tdik qanchadan qancha yo'llar
Bazida hursandchilik bazida mag'zun kunlar
O'rtamizga tushmoqchi bo'ldi shaytonga qullar
Og'ir kuninda bilar ekansan kim kimligin
Holinga qarab turib oshkor etar kimligin
O'zingni qo'lga ol taslim bo'lma bu dunyoga
Ezga niyyatlar albatta aylanar ro'yoga
Do'st bu sinovlarga aslo yengilma do'st
Aslo yengilma do'st o yo'q
O'ylamagin yoningda men borman do'st
Bu so'zlarimchi rost