Puling bo'lsa do'stlaring ko'p deydilar
Pul bo'lmasa vijdonni ham yeydilar
Mag'rur turgan bu boshimni egdilar
O'g'lingizni dardlari ko'p onajon
Bilolmayman kim do'stu dushmanim
Sodda ko'nglim sindirdilar eh manim
Hatto soxta ekan yaxshi ko'rganim
Yuragimda dardlarim ko'p onajon
Maqtaydilar g'alabamga kuy chalib
Lek ortimdan g'iybat yurar axtarib
Do'stim desa aldanaman men g'arib
Netay shunday do'stlarim ko'p onajon
Yigit sinsa juda qattiq sinarkan
Xudo unga sinov berib turarkan
Yigit sinsa juda qattiq sinarkan
Xudo unga sinov berib turarkan
Ko'nglim sezar bir kun omad kelarkan
Aytilmagan gaplarim ko'p onajon
Yuragimda dardlarim ko'p onajon