Tohir Mahkamov - Men ozimni sevaman mp3

Слушать
Скачать

Men o'zimni sevaman,

Menga o'zim yoqadi.

Endi menga baribir,

Kim qanaqa boqadi.

To'nim kalta, va lekin

Yo'qdan ko'ra, shukr, bor.

Bu dunyoda hech odam

Emas mendek baxtiyor.

Gap eshitsam jilmayib,

Kaltak yesam kulaman.

Chap yuzimga urishsa,

O'ngin tutib turaman.

Yurak degan qabrda

Armonimni ko'mganman

Va ustida bolamga

O'yin tushib berganman.

Har tong qarab oynaga,

Deyman: “mening g'amim yo'q”,

Men sog'lomman, men zo'rman,

Tashvishim yo'q, kamim yo'q.

G'animlarim yov, lekin

Men ulardan qarz emas,

Hech qaysisi jonimni

Tikishimga arzimas.

Xomush bo'lar ba’zilar,

Sochin oqin sanashib,

Menga esa turibdi,

Ajinlar ham yarashib.

Tikan tikan, gul guldir,

Har narsa o'z holicha,

Azizlarim, dunyoni

Qabul qiling boricha.

Oson yashay desangiz,

Maslahatim olvoling:

O'zingizni ozgina

Jinnilikka solvoling.

Yashashga emas, bizni

Imtihonga tashlabdur,

Pirim o'sha kovushsiz

Devonai Mashrabdur.

Oson yashay desangiz,

Maslahatim olvoling:

O'zingizni ozgina

Jinnilikka solvoling.

Yashashga emas, bizni

Sinovlarga tashlabdur,

Pirim o'sha kovushsiz

Devonai Mashrabdur.

Ko'ylagimni so'rashsa,

To'nimni ham beraman,

Tikanlarning ichidan

Gullolalar teraman.

G'am so'zidan o'zimga

Shodlik so'zin yasayman,

Men shunaqa, o'zimni

Xursand qilib yashayman.