O'tib ketdi og'ir kunlarim
Barin o'ylab shukurlar aytdim
Duoingiz olib har nafas
Ona qarang zo'r bo'lib ketdim
Ishlagani nonim yo'q edi
Qornim ochu ko'nglim to'q edi
Xudo berdi omadim keldi
Ona qarang zo'r bo'lib ketdim
Piyodamas otda yuribman
Do'stlar uchun zo'rman zo'riman
Balki Xudo suygan bandaman
Ona qarang zo'r bo'lib ketdim