Negadir yana esladim sani bugun
Qalbdagi nadomatlarim uzundan uzun
Yurak mahzun aslo hech unutib bo'lmas
Birga o'tkazgan kunlarimiz qaytib kelmas
Xayrlashib ketgan eding yuz burib oson
Bacha orzu umidlarimizni qilib yakson
Baxtimiz o'rnini egallab oldi to'zon
Tuyg'ularimiz yerlarda go'yoki hazon
Sen mendan kechib ketgan
Kuning unutolmadim
Voz kecha olmadim
O'zimga kelolmadim
Sen esa yuribsan
Baxtli xohlaganingcha
O'z hayotingni o'zing
Barbod etguningcha