G'anim yaqin yo'lolmaydi darvozangga,
Otang bo'lsa agar do'stim, otang bo'lsa.
Jigarlaring ko'nar aytgan murosangga,
Otang bo'lsa agar do'stim, otang bo'lsa.
Otang o'tsa, sanchar ular kamonini
Yig'lab-yig'lab hidlagaysan choponini
Uxlaganda o'pib qo`ygin tovonini
Otang bo'lsa agar do'stim, otang bo'lsa
Onang xursand o'tlar yoqar o'chog'iga
Erkalaysan, kirib olib quchog'iga
Arzimaydi umring bari shu chog'iga
Otang bo'lsa agar do'stim, otang bo'lsa
Otasizda o'z-o'ziga ishonch qayda
Og'ir kunda suyangani suyanch qayda
Bundayin baxt qayda, bunday quvonch qayda
Otang bo'lsa agar do'stim, otang bo'lsa
Yetim qolsang, turfa yo'lda surinasan
O'zi yo'qni yo'ndiray deb urinasan
Oltmishda ham o'ttiz yoshday ko'rinasan
Otang bo'lsa agar do'stim, otang bo'lsa
Otangdan so'ng umring tuman, tutun bo'lar
O'ttizga ham kirmay, tanang o'tin bo'lar
Iliging to'q hamda bag'ring butun bo'lar
Otang bo'lsa agar do'stim, otang bo'lsa
Otasi bor bo'lsa, ranggi to'zarmidi
A'zamning ham ishi unib-o'sarmidi
Qamchingni bos, birov yo'ling to'sarmidi
Otang bo'lsa agar do'stim, otang bo'lsa
Qamchingni bos, birov yo'ling to'sarmidi
Otang bo'lsa agar do'stim, otang bo'lsa
Otang bo'lsa agar do'stim, otang bo'lsa
Otang bo'lsa agar do'stim, otang bo'lsa