Senmiding qalbimdan chiqmagan so'zim
Yuragim tubidan yashirin isming
Sevgi kitobining so'nggi varog'i
Qo'limda hali ham sarg'aygan rasming
Senmiding tunlari tushimga kirgan
Yodimga tushganda jilmayar kulib
Bir umr yashaydi mening qalbimda
Sen uchun atalgan qancha so'zim
Bir so'zim bu qalbimda qolib ketgan
Xatlarim bor olovlarda yonib ketgan
Senga bo'lgan pok sevgimning tariflari
Shoirlar bor kitoblarda yozib ketgan
Bir so'zim bu qalbimda qolib ketgan
Xatlarim bor olovlarda yonib ketgan
Senga bo'lgan pok sevgimning tariflari
Shoirlar bor kitoblarda yozib ketgan
Senmiding ko'nglimga orzular solgan
Yuragim qumsaydi o'tsa ham yillar
Bir bora qaytishing imkoni yo'qdur
Sog'inchdan bezovta darbadar dillar
Senmiding eng shirin armonim go'zal
Yoqimli xotira eslasam agar
Balki butun umr qalbimda borsan
Bugun ham ko'nglimga hayajon solgan
Bir so'zim bu qalbimda qolib ketgan
Xatlarim bor olovlarda yonib ketgan
Senga bo'lgan pok sevgimning tariflari
Shoirlar bor kitoblarda yozib ketgan